TOʻLOVNI QAYTARISH SHARTLARI
Ushbu sahifada toʻlovni qaytarish shartlari qisqacha bayon qilingan. Toʻliq va yuridik kuchga ega shartlar Ommaviy ofertaning 5-boʻlimida keltirilgan.
48 soat ichida pulni qaytarish
AI Fundament yoki AI Pro oylik tarifiga birinchi marta toʻlov qilgan foydalanuvchi toʻlov amalga oshirilganidan keyin 48 soat ichida sabab koʻrsatmasdan toʻlangan summani toʻliq qaytarishni soʻrashi mumkin.
Ushbu imkoniyat har bir foydalanuvchiga faqat bir marta beriladi.
48 soatlik qaytarish imkoniyati quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
- AI Pro yillik tarifiga;
- obunaning avtomatik uzaytirilishi uchun yechilgan toʻlovlarga;
- keyingi toʻlov davrlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarga;
- yuqoriroq tarifga oʻtish uchun amalga oshirilgan qoʻshimcha toʻlovlarga;
- Pro hamjamiyatiga ulanish uchun amalga oshirilgan qoʻshimcha toʻlovlarga.
Pulni qanday qaytarish mumkin?
Soʻrov toʻlov amalga oshirilganidan keyin 48 soat ichida quyidagi kanallardan biri orqali yuborilishi kerak:
yoki Telegram orqali:
Pul qachon qaytariladi?
Qaytarish soʻrovi qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida pul toʻlov amalga oshirilgan kartaga qaytariladi.
Obunani bekor qilish
Obunani istalgan vaqtda jarimasiz bekor qilish mumkin.
Obuna bekor qilingandan keyin foydalanuvchi toʻlangan davr tugaguniga qadar xizmatdan foydalanishda davom etishi mumkin.
Joriy toʻlov davri uchun amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi. Bundan yuqorida koʻrsatilgan 48 soatlik pulni qaytarish shartlariga mos keladigan holatlar mustasno.
Xizmat koʻrsatilmagan holatlar
Agar xizmat Kompaniya aybi bilan koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlovni qaytarish shartlari Ommaviy ofertaning 5.4-bandiga muvofiq belgilanadi.