SAYTDAN FOYDALANISH SHARTLARI
Ushbu shartlar haysam.school saytidan (bundan buyon — «Sayt») foydalanadigan har bir shaxsga tegishli. Tarifga yozilib obuna boʻlish «HAYSAM AI» MChJ (bundan buyon — «Kompaniya») bilan tuzilgan Ommaviy oferta orqali, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish esa Maxfiylik siyosatida tartibga solinadi.
Ushbu hujjat ular bilan ziddiyatga kirmaydi, faqat Saytdan foydalanishning umumiy tartibini tushuntiradi.
1. Bepul materiallardan foydalanish
1.1. Saytdagi bepul darslar va materiallar shaxsiy va notijorat maqsadda foydalanish uchun taqdim etiladi. Ularni koʻchirib olish, qayta tarqatish, sotish yoki ular asosida boshqa kurs yaratish taqiqlanadi.
1.2. Kompaniya bepul materiallar orqali biror natijaga (daromad, ish topish va h.k.) erishishni kafolatlamaydi.
2. Uchinchi tomon vositalari va savdo belgilari
2.1. Saytda tilga olinadigan yoki logotipi koʻrsatilgan sunʼiy intellekt vositalari (ChatGPT, Claude, Gemini va boshqalar) tegishli kompaniyalarning mulki boʻlib, ularning savdo belgilaridir.
2.2. Bu vositalarning ishlashi, narxi, mavjudligi yoki Oʻzbekistonda cheklanishi Kompaniyaga bogʻliq emas, Kompaniya ular uchun javob bermaydi.
3. Saytdan foydalanish tartibi
3.1. Saytdan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
- Saytga zarar yetkazish;
- uni avtomatik soʻrovlar bilan haddan tashqari yuklash;
- xavfsizlik choralarini chetlab oʻtishga urinish;
- boshqa shaxs nomidan harakat qilish.
3.2. Saytning dizayni, matnlari va boshqa kontenti mualliflik huquqi bilan himoyalangan («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonun, OʻRQ-42, 2006-yil 20-iyul) va Kompaniyaga tegishli.
4. Tashqi havolalar
Sayt boshqa saytlarga (ijtimoiy tarmoqlar, AI vositalari va h.k.) havolalar berishi mumkin. Kompaniya ularning kontenti yoki xavfsizligi uchun javob bermaydi.
5. Oʻzgartirishlar va murojaat
Ushbu shartlarning yangi tahriri shu sahifada eʼlon qilinadi.
Savol va murojaatlar uchun:
- Elektron pochta: [email protected]
- Telegram: @alohaysam